TELEFONDA SUXBATLASHASIZ


19-12-2018 13:46

➀- ko'rinish:
Telefon go'shagini qulog'iga qistirib olib, oldidagi qog'ozga ruchka yoki qalam bilan rasm chizayotgan odamga gaplashayotgan mavzuning umuman qizig'i yo'q. U hayolan butunlay boshqa tomonlarda yuribdi. Hatto ayrimlar suhbatdoshini umuman eshitmagan bo'lib chiqadi. Bunday holatni majlis yoki yig'inlarda ham ko'rish mumkin.

➁- ko'rinish:
Telefonda gaplashayotgan odam sigareta chekib turgan bo'lsa va gaplashayotgan mavzu uni qiziqtirayotgan bo'lsa, u sigaretasini og'zidan oladi. Shuningdek go'shakni qulog'iga mahkam tutadi. Agar jaxli chiqsa, sigaretani yana tutatishni boshlaydi yoki chekib bo'lmasa ham uni kuldonga qattiq bostirib o'chiradi.

➂- ko'rinish:
Qizlar o'zlari yoqtirgan yigit bilan gaplashayotganda tinmay kol'zguga qaraydilar. Ba'zilari esa qo'llari bilan tez-tez berkitib, silab turadilar. Yengil tabiat qizlarga yigiti qo'ng'iroq qilganida, ular pardoz qilishlari mumkin. Shu bilan birga ular sochlarini tarashlari, lablariga moy bo'yoq surishlari ham ehtimoldan holi emas.

➃- ko'rinish:
Telefonda gaplashayotgan odam suhbatdan mamnun bo'lsa, stulda chayqalishi mumkin. Bu uning o'ziga ishonishidan, muammolar bo'lsa, bemalol hal qila olishidan ham darak beradi.

➄- ko'rinish:
Gaplashayotganda stol tortmalarini ochib-yopaverish, nimalarnidir qidirishga harakat qilish insonning nimanidir o'ylayotganini, muammoning yechimini topishga harakat qilayotganini ko'rsatadi. Bunday holatda hato qilib qo'ygan va boshlig'ining bunga javobini kutayotgan hodimlar ham tez-tez tushib turadilar.

➅- ko'rinish:
Telefonda gaplashayotgan odamning birdaniga o'rnidan turib ketishi biror yaxshi yoki yomon xabarni eshitganidan darak beradi. Agar telefonda gaplashayotgan odam o'tirgan joyidan sekin turib, u yoqdan bu yoqqa yuraversa, demak, suhbat uning joniga tekkani va u suhbatdoshi bilan tezroq hayrlashish istagida ekanligini bilish mumkin.

➆- ko'rinish:TELEFONDA SUXBATLASHASIZ
Agar ayol kishi yerga o'tirib yoki palosga yotib olib gaplashayotgan bo'lsa, bilaverinki, u dugonasining diydiyolarini eshitayotgan bo'ladi. Agar go'shakni qo'li bilan berkitib, bir nimalarnidir pichirlayotgan bo'lsa, demak unga o'zining shahsiy hayoti haqidagi "qaynoqqina" habarlarni yetkazayotgan yoki uchinchi dugonasining oxirgi "sarguzasht" ini so'zlayotgan bo'ladi.

➇- ko'rinish:
Erkaklar oshna-og'aynilari, yaqinlari bilan gaplashayotganlarida odatda qattiq gapiradilar, kuladilar. Notanish ayollar bilan esa nisbatan sekinroq va muloyimroq gaplashishga harakat qiladilar. Shunga qarab ular aynan ayol kishi bilan gaplashayotganlarini bilib olish mumkin. Ishi yurishmay turgan erkaklar telefon apparatini ko'tarib olib, u honadan bu honaga o'tib yurib gaplashadilar. Agar ishlari yana bitmayotgandek bo'lsa, go'shakni "qars" etkazib qo'yib qo'yadilar.

➈- ko'rinish:
Agar suxbatdosh telefonni u quloqdan bu quloqqa almashtirib aloqani davom ettirsa bu xolatda, gaplashayotgan odamidan xadiksirayotgani va gaplariga uncha ishonmayotkanligidan dalolat beradi. Bu ko'rininshning ikkinchi tomoni ham bor - ki bu xolatda suxbat qurayotgan kishi ikkinchi odamga gapini uqtirayotgan va ishontirayotgan bo'ladi bu gaplarga ikkinchi suxbatdosh esa ishonmasligini bildirib turadi. Ikkala xolat ham bir biriga chanbarchas bog'liqdir